QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING O‘RNI
Raimjanova Madina Asrarovna
baholash ishi va
investitsiyalar kafedrasi dotsenti
Toshkent moliya instituti
E-mail: madinahon838@gmail.com
ORCID: 0000-0001-8942-5723
Annotatsiya
Maqola O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligining rivojlanishida investitsiyalar ta’sirini baholashga bag’ishlangan. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar kiritish bo‘yicha statistik ma’lumotlar taqdim etilgan. Investitsiyalar va yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy modellashtirish orqali tahlil qilingan. Maqolada qishloq xo‘jaligi sohasidagi tegishli iqtisodiy, ijtimoiy va qonunchilik sharoitlar yoritilgan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritishni ko‘paytirish bo’yicha takliflae berilgan.
Kalit so’zlar: investitsiya, qishloq xo’jaligi, qo’shilgan qiymat, agrosanoat, qayta ishlash sanoati, qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti, oziq-ovqat ishlab chiqarish indeksi.