Maqola chop etish tartibi

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar!

Toshkent moliya institutining «Moliyaviy texnologiyalar» ilmiy elektron jurnali maqolalarni elektron shaklda qabul qiladi.

Maqolaning tarkibiy qismlari quyidagicha bo‘lishi talab etiladi:

Maqolaning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nomlanishi;

  • muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi;
  • muallifning ish joyi va lavozimi;
  • ilmiy darajasi, ilmiy unvoni;
  •  aloqa ma’lumotlari, e-mail va telefon raqami;
  • o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi annotatsiya;
  • o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi kalit so‘zlar. Kamida 10 so‘z;
  • bibliografik ro‘yxat (15-20 manbalar);
  • KIRISH;
  • ADABIYOTLAR SHARHI;
  • TADQIQOT METODOLOGIYASI;
  • TAHLIL VA NATIJALAR;
  • XULOSA;
  • ADABIYOTLAR RO‘YXATI.

Matn dizayni bo‘yicha talablar:

– matn Microsoft Word for Windows *.doc. formatida, A4 sahifa hajmida taqdim etiladi;

– maqola sahifalari raqamlanmagan holda bo‘g‘in ko‘chirishlarsiz;

– xoshiyalar: o‘ng, chap, yuqori, pastki tomonlari – 2,0 sm;

– Times New Roman shriftida, – 12 o‘lchamda; –  qator oralig‘i – 1,0;

– abzats- 1 sm, – ixtiboslarning manbalari raqamlangan holda, shrift hajmi 10, qator oralig‘i – 1;

– matnni kengligi tekislangan holda;

– maqolaning nomi markazda, katta harflar bilan;

– formulalar – Microsoft Office dasturi muharriridan foydalangan holda;

Jurnal tahririyatiga taqdim etiladigan ilmiy  maqolalar hajmi 8-10 bet atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi.

Jurnal manzili: Toshkent moliya instituti “D” o‘quv binosi, 2-qavat, 202-xona.

Telefon: +99897 003 19 42, +99897 134 87 57

Telegram: +998 90 031 59 91

e-mail: fintech@tfi.uz