Jurnal haqida

“Moliyaviy texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali bugungi kunda iqtisodiyotning turli sohalari jumladan, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, fond birjasi, investitsiya fondlari, pensiya fondlari, moliya-sanoat guruhlari, transmilliy korporatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, depozitariylar, kriptobirjalar, elektron to‘lov tizimlari, auditorlik tashkilotlari, reklama va marketing kompaniyalari, elektron tijorat sub’ektlari, pul muomalasi faoliyatini tashkil etuvchi soha va tarmoqlar, kassalar, hisob-kitob faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar, moliya bozorini tartibga soluvchi davlat organlari va moliyaviy konsalting firmalarini rivojlantirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni, uslublarni, yondashuvlarni, modellarni, yutuqlarni va muammoli masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashish, turli ilmiy maktablar (professor-o‘qituvchilar, olimlar, doktorantlar) vakillarining o‘zaro hamkorligini faollashtirish, iqtisodchi-olimlarning mamlakat va chet el ilmiy hamjamiyatidagini ilmiy yutuqlarini targ‘ib qilish, raqobatbardosh ilmiy kadrlarni kashf etish va  nufuzini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Jurnal moliya-iqtisodiy yo‘nalishning hozirgi holatini yorituvchi original ochiq ilmiy-tadqiqot ishlari, nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini o‘zida aks ettiruvchi ilmiy ishlanmalarni nashr etish; oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, jurnal qoshida ilmiy maktablar va yo‘nalishlarni shakllantirish, ustuvor ilmiy tadqiqotlarni axborot bilan ta’minlash, ilg‘or ilmiy g‘oyalarni ommalashtirish, etakchi (shu jumladan, xorijiy) olimlar va amaliyotchilarni jalb etgan holda ilmiy ishlanmalarini ekspertizadan o‘tkazish ular o‘rtasida muloqot va bilim almashish uchun axborot maydonchasini taqdim etish shuningdek, mamlakatimizda moliya va iqtisodiyot bo‘yicha qo‘llanilayotgan innovatsion moliyaviy texnologiyalarni takomillashtirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni muntazam sharhlab, ilmiy-amaliy, tahliliy-tavsiyaviy yo‘nalishdagi maqolalarni o‘z sahifalarida yoritib boradi.

Oʼzbekiston Respublikasi OАK Rayosatining 2023-yil 3-iyundagi  364-son qarori bilan “Moliyaviy texnologiyalar” jurnali iqtisodiyot fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari yuzasidan assosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʼyxatiga kiritilgan.