RAQAMLI   PLATFORMALARNI   YARATISHDA JAHON TAJRIBASINI O’RGANISH

Mustafaqulov O’ktam Ungboyevich

tayanch doktorant (PhD)

Kadrlar malakasini oshirish va

statistic tadqiqotlar instituti

E-mail: www.uktambek.uz@mail.ru

ORCID: 0000-0002-2302-211X

Annotatsiya

Bugungi kunning global jarayonida biznes shart-sharoitlari tez oʼzgarib bormoqda.  Ushbu   oʼzgarishlar barcha mavjud biznes modellariga va asosiy bozor   ishtirokchilari oʼrtasidagi munosabatlar   jarayoniga taʼsir qilmoqda. Shaxslararo va ishbilarmonlik aloqalarining texnologik imkoniyatlari, xizmat koʼrsatish darajasi va tezligiga qo’yilgan talablarning ortib borishi biznesni tubdan oʼzgartirish zarurligini koʼrsatmoqda.

Shu sababli raqamli platformalarni ishlatish jarayonida jahon   tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’lib, iqtisodiyotni raqamlashtirish yo’nalishlarining asosiylaridan biriga aylanmoqda.

Bu yo’nalish xoʼjalik subyektlari oʼrtasida samarali aloqalarni yaratish, hududiy va til bilan bog’liq toʼsiqlarni bartaraf etish, biznes jarayonlari samaradorligi va raqobat bardoshligini oshirish imkonini beradi.     Raqamli platformalar oʼz oʼrnida milliy bozorning ham kengayishiga sharoit yaratib beradi. Raqamli platformalarning ushbu masalalari maqolada aks ettirilgan.

Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, raqamli platforma, raqamli xizmatlar, korxona, innovatsiya, onlayn platforma, elektron tijorat.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan